O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Diabetik tovon sindromini davolash natijalarini baholash uchun elektron dastur
2020-07-07 | Fan
Dastur diabetik tovon sindromida bemorning sog‘ayish davri haqidagi ma’lumotlarni olish uchun mo‘ljallangan.
Diabetik tovon sindromi periferik nerv sistemasi, arterial va mikrotserkulyator sistemasi patologik o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. U bevosita yarali nekratik jarayon va tovon gangrenasini keltirib chiqaruvchi xastalik hisoblanadi.
Kasallik etiopatogenezida insulin yetishmasligi hisobiga kelib chiqishi aniqlangan. Qandli diabet xastaligi bilan og‘rigan bemorlarning 20 yil ichida 80 foizida diabetik tovon sindromi rivojlangan. Tovondagi yara va gangrenalarning asosiy sababi tashqi travmadan yuzaga keladi.
Bu o‘zgarishlar asosida uzoq muddat davomida qondagi qand miqdorining me’yoridan baland turishi oqibatida kelib chiqadigan diabetik neyropatiya (oyoqdagi asab tolalarining zaralanishi), mikro- va makroangiopatiya (kichik va katta qon tomirlarning zararlanishi) yotadi.
Dasturning funktsional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
• kiritilgan ma’lumotlar asosida bemor kasallikning qaysi bosqichida ekanini, klinik-laborator shkalalarning moslik darajasini, immun tizimi hujayralarining miqdorini aniqlash;
• ma’lumotlar asosida kasallikning tuzalish bosqichini aniqlash;
• bemor holatini klinik shkala bo‘yicha baholash, shkala ko‘rsatkichi past bo‘lganda jarrohlik yo‘li bilan davolash uchun ko‘rsatma berish;
• bemor qonidagi yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini laborator aniqlash va shunga ko‘ra bemordagi tuzalish bosqichini aniqlash.
Kasallikni konservativ davolash yiringli jarroh, endokrinolog, terapevt, qon-tomir jarrohi, reanimotolog va boshqa mutaxassislar hamkorligida olib boriladi.
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan dastur mualliflari B.Xamdamov, I.Xamdamov, K.Gaziyev va Sh.Gadoyevga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko‘ra DGU 08104 raqamli guvohnoma berildi.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi