O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamkorlik yanada mustahkamlanadi
2020-07-07 | Ta’lim
Belarus Respublikasining standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Davlat instituti hamda Standartlar instituti hamkorligida “Sinov laboratoriyalarining texnik kompetentligiga GOST ISO/IEC 17025-2019 bo‘yicha qo‘yiladigan umumiy talablar” mavzusidagi 3 kunlik masofaviy onlayn xalqaro o‘qish tashkil etildi.
Ushbu kursda Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazidan 20 ta, “UzTEST” DUKdan 9 ta, “Olmaliq KMK” AJdan 9 ta hamda “Farg‘onaazot” AJ, “O‘zbekximmash” AJ va boshqa tadbirkorlik sub’ektlaridan 8 ta, jami 45 nafar sinov laboratoriyalari rahbarlari va mutaxassislari malaka oshirdilar.
Mashg‘ulotlarni BGIPKning tajribali mutaxassislari - professor B.V. Sitovich va dotsent V.I. Labodayevlar olib borishdi. BGIPK tomonidan tinglovchilarga o‘rnatilgan tartibda guvohnoma beriladi. Bunday hamkorlik aloqalari kelgusida yanada mustahkamlanishi ta’kidlandi.
Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi