O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Biznes-ombudsman faoliyatiga toʻsqinlik qilgan hokim oʻrinbosari jarimaga tortildi

2020-07-07 | Jamiyat

Mamlakatimizda barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan boʻladigan munosabatlarda ularning huquqlari ustuvorligi tamoyiliga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini oʻz vaqtida himoya qilish maqsadida amaldagi qonun hujjatlarida Biznes-ombudsman va uning devoni xodimlarining qonuniy talablarini muayyan muddatlarda koʻrib chiqish belgilangan.
 
Shunga qaramasdan bu borada tegishli qonun buzilish holatlarini sodir etayotgan mansabdor shaxslar ham uchramoqda.
 
Xususan, Biznes-ombudsman devonining Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi xodimlari bergan maʼlumotga koʻra, tashkilotga Shahrisabz tumanida faoliyat yurituvchi “E” nomli fermer xoʻjaligi rahbari buzilgan huquqini tiklash maqsadida murojaat qilgan.
 
Murojaat yuzasidan fermer xoʻjaligiga tegishli amaliy yordam koʻrsatish maqsadida joriy yilning 21-may kuni Shahrisabz tuman hokimligiga soʻrov xati yuborilgan. Soʻrov xatini ijro qilish tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari “O.Q”ga yoʻnaltirilgan.
 
Soʻrov xatida murojaat yuzasidan tegishli maʼlumotlar joriy yilning 28-may kuniga qadar taqdim qilinishi koʻrsatilgan boʻlsada, “O.Q” tomonidan soʻrov xati beeʼtibor qoldirilgan.
 
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi qonunning 18-moddasiga koʻra davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilga uning faoliyatida koʻmaklashishi, u tomonidan soʻralayotgan, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli boʻlgan hujjatlar, materiallar hamda boshqa maʼlumotlarni, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmasdan taqdim etishi shart.
 
Yuqoridagi qonun buzilish holati yuzasidan hokim oʻrinbosari “O.Q”ga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirildi.
 
Shahrisabz tuman maʼmuriy sudining joriy yil 24-iyundagi qarori bilan hokim oʻrinbosariga jarima jazosi tayinlandi.
 

Oʻ.BAROTOV, OʻzA

Manba: O'zA

Поделиться