O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiy jinoyatlarning sodir etilishiga sabab boʻluvchi omillar muhokama qilindi

2020-07-06 | Jamiyat

Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan hududda sodir etilayotgan iqtisodiy jinoyatlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, bunga imkoniyat yaratuvchi sabab va omillarni oʻrganib, uning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda viloyat iqtisodiy sudi, ichki ishlar, soliq idoralari vakillari va tadbirkorlar ishtirok etdi.
 
Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlarining erkin faoliyat yuritishlari uchun bir qator qulayliklar yaratib berilayotgan boʻlsada, ayrim tadbirkorlik niqobi ostida ish yuritayotgan kimsalar tomonidan berilgan imtiyoz va vakolatlardan toʻgʻri foydalanmasdan, qonunda belgilangan talab va qoidalarni bajarmay, soliq va boshqa toʻlovlarni toʻlamasdan, iqtisodiy jinoyatlar sodir etish holatlari afsuski uchrab turibdi.
 
Viloyat prokurori rahbarligidan oʻtgan yigʻilishda, tadbirkorlar uchun yaratib berilgan imtiyoz va qulayliklarni suiisteʼmol qilish holatlari mavjudligi, tadbirkorlar tomonidan sodir etilayotgan iqtisodiy jinoyatlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, bunga imkoniyat yaratuvchi sabab va omillarini oʻrganib, oqibatlarini bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
 
– Oʻtgan bir yarim yil davomida 8 nafar tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻzlashtirish, soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan boʻyin tovlash hamda savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish kabi iqtisodiy jinoyatlar sodir etilib, ular tomonidan davlat manfaatlariga 7 milliard 425 million soʻmlik zarar yetkazildi, – deydi Sirdaryo viloyati prokurori Ravshan Masharipov. – Xususan, Mirzaobod tumanida roʻyxatdan oʻtgan “Murodjon Xolding”, “Berdiyor Burxonov Omadi” masʼuliyati cheklangan jamiyatlar hamda “Black Star of trade Good” xususiy korxonasi tomonidan byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻini qasddan yashirganligi va pul mablagʻlarini bank kassasiga topshirmaganligi aniqlangan. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
Yigʻilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning tushuntirish va izohlari eshitilib, bu borada qonun buzilish holatlarini bartaraf qilish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
 

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV(surat), OʻzA

Manba: O'zA

Поделиться