O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahridagi Inha Universitetida kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha onlayn master-klass o‘tkazildi
2020-07-03 | Xavfsizlik sohasi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magi bilan Toshkent shahridagi Inha Universitetida Group-IB xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda kibertahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha onlayn master-klass o‘tkazildi.
Unda davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, bank va AKT-sohalari vakillari ishtirok etishdi.
Group-IB xalqaro kompaniyasi kiberjinoyatlar, yuqori texnologiyalar yordamida firibgarliklarning oldini olish va tergov ishlarini olib borish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, kibertahdidlarga qarshi kurashish mavzusida o‘tkazilgan tadbirda kompaniyaning yetuk ekspertlari tomonidan kiberxavfsizlik, kibertahdidlarning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish borasidagi master-klass o‘tkazildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar kibertahdidlarning oldini olish va qarshi kurashishda zamonaviy usullar va kompyuter kriminalistika sohasida yetakchi xalqaro kompaniyalarning tajribalari bilan atroflicha o‘rtoqlashdilar.
Ma’lumot uchun:
Group-IB dunyo bo‘ylab kiberjinoyatlari bo‘yicha tergov olib borishda 16-yillik tajribaga ega. Kompaniya SWIFT va YXHT tomonidan tavsiya qilingan kiberxavfsizlik sohasida ishlanmalarni ishlab chiqarib ta’minlab beradi. Group-IB tomonidan kibertahdidlar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plashga yo‘naltirilgan Threat Intelligence texnologiyasi Gartner, IDC va Forrester nufuzli tadqiqot tashkilotlar tomonidan tan olingan eng yaxshi loyihalardan biri hisoblanadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi