O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar kuni munosabati bilan bir qator sportchilarimizga «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni topshirildi
2020-07-03 | Yoshlar
Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yoshlar «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.
Poytaxtimizda joylashgan Yoshlar press klubida o‘tkazilgan ushbu marosimda taqdirlanganlar orasida sport sohasida katta yutuqlarga erishib kelayotgan 4 nafar iqtidorli sportchilarimiz ham bor.
Avvalroq, Paralimpiya bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Asila Mirzayorova «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganini ma’lum qilgan edik. Shuningdek, ushbu kechada boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov, Javohir Sindarov (shaxmat), Klara Darmenbayeva (gimnastika) ham ushbu ko‘krak nishoniga loyiq ko‘rildi.
Yurtimiz ravnaqi yo‘lida munosib xizmat ko‘rsatayotgan yoshlarimizning taqdirlanishi, ularning bu yo‘lda yanada kattaroq natijalar ko‘rsatishi uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi