O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Urgut tumanidagi yuzlab daraxtlarga «Davlat tabiat yodgorligi» maqomi beriladi
2020-07-03 | Ekologiya
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida daraxtlar va butalarni himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yichabelgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Urgut tumani hududlarida mavjud bo‘lgan jami yuzlab tup, tut, yong‘oq, chinor va tol daraxtlari tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan «Davlat tabiat yodgorligi» deb e’lon qilinmoqda.
Masalan, yaqinda «Omonqo‘ton» MFY hududidagi 600 yoshdan katta bo‘lgan kengligi 22 odamning kulochiga teng bo‘lgan chinor daraxti tuman hokimligiga davlat kadastriga kiritish uchun taqdim etildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi