O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya Elchisi bilan uchrashuv
2020-07-03 | Xavfsizlik sohasi
2020-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mehmet Sureyya Er bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, xususan Afg‘onistondagi joriy vaziyat muhokama qilindi.
Tinchlik muzokaralari jarayonini boshlashning muhimligi, shuningdek, Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi, “Osiyo yuragi - Istanbul jarayoni” forumi va boshqalar afg‘on muammosini hal qilishda hamda Afg‘onistonning ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmasini butun afg‘on xalqi manfaati uchun tiklanishida tutgan o‘rni qayd etildi.
Turkiya tomoniga tinchlik siyosiy jarayonni boshlashiga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan choralar, shuningdek, Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Afg‘onistonni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik masalasi muhokama qilindi.
Afg‘oniston yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro yaqin hamkorlik qilish, xususan, ushbu mamlakatda inqirozni tinch yo‘l bilan hal etishning maqbul yo‘llarini topish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi