O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona va Jizzax: taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi

2020-07-03 | Xavfsizlik sohasi

Tezkor va samarali harakat yong‘in-qutqaruvchisidan doimiy tayyorgarlikni talab qiladi. Shu maqsadda Farg‘onada shahar ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida yong‘in o‘chirish bo‘yicha taktik mashqlar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv mashqining g‘oyasiga ko‘ra, ushbu muassasaning binolaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga shaharning 3-yong‘in-qutqaruv qismining ekipajlari yetib kelishgan. Shartli alanga bir necha daqiqada bartaraf etildi.

Shunga o‘xshash taktik mashqlar Jizzax viloyati Zomin tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Bu yerda “Vertex” trikotaj fabrikasida shartli ravishda yong‘in yuzaga keldi. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in o‘z vaqtida bartaraf etildi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ikkala holatda ham yong‘inni o‘chirish bilan bir qatorda, odamlarni yonayotgan binodan xavfsiz hududga eavkuasiya qilish ishlari sinovdan o‘tkazildi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаvqulоddа vаziyatlаr vаzirligi

Поделиться