O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti tomonidan iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha yangi standart ishlab chiqildi.
2020-07-02 | Ekologiya
Dunyo miqyosida qurg‘oqchilik va toshqin, dengiz sathining ko‘tarilishi va ekstremal ob-havo sharoitlari mamlakatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Iqlimning salbiy tomonga o‘zgarishi hayotga, mulkka va ekotizimlarning iqtisodiy farovonligiga tahdid soladi.
ISO tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan yangi “ISO / TS 14092: 2020 Iqlim o‘zgarishiga moslashish” standarti mahalliy hukumat idoralariga iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tahdid va xavflarga tayyor turishga yordam beradi.
Jahon iqtisodiy forumining (WEF) 2020 yil uchun global xavf-xatarlarga bag‘ishlangan hisobotiga ko‘ra, hozirgi kunda dunyoda duch kelayotgan beshta asosiy xavflarning barchasi iqlim inqirozi bilan bog‘liq. WEF so‘rovi shuni ko‘rsatdiki, ekstremal ob-havo hodisalari, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi va global isishni to‘xtata olmaslik mahalliy hukumat idoralari uchun eng katta tahdiddir.
Yangi “ISO / TS 14092: 2020 Iqlim o‘zgarishiga moslashish” standarti Kanada Standartlar Konsulligi (SCC) rahbarligida ISO /TK 207 Ekologik menedjment texnik ko‘mitasi va SC 7 “Issiqxona gazlarini boshqarish” quyi qo‘mitaci tomonidan ishlab chiqildi.
Mazkur yangi xalqaro standartlar xaqidagi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agengtligi Xalqaro xamkorlik boshqarmasiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.iso.org/news/ref2526.html
Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi