O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Hududgazta’minot” aktsiyadorlik jamiyati aholiga yangi xizmat turlarini ko‘rsatishni boshladi
2020-07-02 | Jamiyat
Bugungi kunda “Hududgazta’minot” AJ tarkibiy bo‘linmalari butun respublika bo‘ylab, yer osti va ustidagi yuqori, o‘rta va past bosimli metal gaz quvurlarini o‘rnatish, ta’mirlash va ishga tushirish xizmatlarini taqdim etmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va Qurilish vazirligi tomonidan qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun maxsus ruxsatnomalar, shuningdek loyihalashtirish uchun litsenziya taqdim etilgan.
Xizmat turlarini kengaytirish bugungi davr va iqtisodiy hollatlar bilan uzviy bog‘liqdir. “Hududgazta’minot” AJning hududiy bo‘linmalari ham xizmat ko‘rsatish bozorini samarali rivojlantirishning bevosita ishtirokchilari hisoblanishadi. Ularning faoliyati birinchi navbatda kompleks gazlashtirish va obyektlarni gaz bilan ta’minlash sohasida yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishga qaratilgan. Shu munosabat bilan, sohada tasdiqlangan me’yor va standartlarga to‘liq rioya qilgan holda, barcha gazlashtirish loyihalarni boshdan oxirigacha (rus.“pod klyuch”) amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Buyurtmachi, gaz taqsimlash va iste’mol qilish tarmoqlarining kompleks loyihalarini yaratish, shuningdek, boshqa xizmatlar, masalan, loyiha ishlab chiqish, hujjat va ruxsatnomalarni tayyorlashni ham ishonib topshirishi mumkin.
“Hududgazta’minot” AJning hududiy bo‘linmalariga gaz ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatishlarini so‘rab jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilishlari mumkin. Gaz ta’minoti tashkilotlarining texnologik imkoniyatlari gaz ishlari uchun hamyonbop narxlarni belgilashga imkon beradi. O‘z texnika va uskunalari, ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik va yillar davomida to‘plangan texnologik baza uchinchi tomon pudratchilar ishtirokiga butunlay chek qo‘yadi. Shuning uchun mijozga arzon narxlarda va sifatli xizmat ko‘rsatilishiga erishiladi.
Gaz ta’minoti va gazlashtirish xizmatlari amaliy va nazariy bilim hamda qo‘nikmalarga ega tajribali mutaxassislar jamoasi tomonidan bajarilishi ta’minlanadi. Hamkorlikning har bosqichi, xususan mijozning xizmatga birinchi murojaatidan tortib to xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan jarayon, malakali mutaxassislar qo‘lida.
Quyidagi telefon raqamlar orqali qo‘rsatiluvchi xizmatlar haqida batafsil ma’lumot olish mumkin:
“Hududgaz Andijon”: 95-200-08-41; 74-227-64-43
“Hududgaz Buxoro”: 65-223-64-08; 65-770-08-74
“Hududgaz Jizzax”: 72 222-38-79; 72-226-18-68
“Hududgaz Qashqadaryo”: 75-771-02-70; 75-223-10-11
“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”: 61 224-04-08; 61-224-04-08
“Hududgaz Navoiy”: 78 770-24-70; 78-770-39-02
“Hududgaz Namangan”: 69-227-95-18; 69-227-97-36
“Hududgaz Samarqand”: 66-239-78-00; 66-239-78-02
“Hududgaz Sirdaryo”: 78-221-12-72; 67-227-06-01
“Hududgaz Surxondaryo”: 76-221-25-10; 76-224-10-02
“Hududgaz Toshkent”: 78-150-30-95; 71-150-44-12
“Hududgaz Toshkent shahri”: 71-253-64-26; 71-255-04-82
“Hududgaz Farg‘ona”: 73-226-15-77; 73-229-04-26
“Hududgaz Xorazm”: 62-223-37-54; 62-223-34-57
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi