O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ohangarondagi Yoshlar texnoparkining qurilish ishlari yakunlanmoqda
2020-06-30 | Jamiyat
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov Toshkent Viloyatining Ohangaron shahrida qad rostlayotgan Yoshlar texnoparkining qurilish ishlari bilan tanishdi. Texnopark binosi 500 kv.m. boʼlib, Ohangaron shahriga kiraverishda joylashgan. Hozirgi vaqtda texnoparkning qurilish ishlari yakunlanish arafasida va vazirlik tomonidan texnoparkni jihozlash uchun xarid qilingan uskunalar, texnik vositalar oʼrnatish uchun shay.
Hozirda respublikamizning xar bir hududida bosqichma-bosqich Yoshlar texnoparklarini tashkil etilmoqda. Yoshlar texnoparklarini tashkil etishdan asosiy maqsadlardan biri innovatsion mahsulotlari yaratishning ilk bosqichlarida, shuningdek mahalliy hamda xorijiy ishlanmalar va texnologiyalar asosida innovatsion, yuqori texnologiyali va ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yosh tashabbuskorlarga koʼmaklashishni nazarda tutadigan innovatsion tadbirkorligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir.
Yoshlar texnoparklari energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini yaratish, elektron oʼlchov asboblari, robototexnika, mexatronika, mashinasozlik, elektrotexnika sohalarida ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlar, sanoat-tajriba sinovlari oʼtkazishga va innovatsion mahsulotlar namunalarini oʼzlashtirish uchun ixtisoslashadi.
Yoshlar texnoparki faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi