O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlikdagi islohotlar yana-da rivojlanadi

2020-06-30 | Jamiyat

“Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasi” va “Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi” oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi. Undan koʻzlangan asosiy maqsad etib quyidagilar belgilandi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, kichik ishlab chiqarish korxonalari, jumladan tomonlarning aʼzolari boʻlgan korxonalar va jamiyatlar oʻrtasida yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash orqali ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar oʻrtasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatining kafolatlari hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlarini keng targʻib qilish.
 
Tomonlarning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda ularning imkoniyat va salohiyatini birlashtirish orqali eksport sohasiga va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga oid Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun va meʼyoriy-huquqiy hujjatlari, “Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarning tizimli ijrosini taʼminlash.
 
Ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan isteʼmol tovarlarining sifatini va xavfsizligini taʼminlash borasida hamkorlikda monitoring olib borishni yoʻlga qoʻyish, monitoring natijalari boʻyicha aniqlangan kamchilik va muammolarni birgalikda hal qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, .
 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari korxonalari tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni oʻrganish, tahlil qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik bazasini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
 
Isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish faoliyati bilan shugʻullanuvchilar orasidagi ilgʻor tajribalarni yoshlar orasida keng yoyish, bu boradagi yutuqlarni ommalashtirish.
 
Sifatli va xavfsiz isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda namuna koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini axborot vositalarida, shuningdek, tomonlarning veb-saytlarida maxsus rukn tashkil etib, yoritib borish.
 
Isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi bilimlarini yana-da oshirishga koʻmaklashish maqsadida oʻzaro hamkorlikda oʻquv-seminarlar, uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.
 
Mamlakatimizda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining xalqaro bozorlarda raqobatdoshligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini baholashning zamonaviy tizimini ishlab chiqarishga joriy etishga koʻmaklashish.
 
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining xalqaro talablarga muvofiq standartlashtirish va sertifikatsiyalash boʻyicha ishlarni tashkillashtirishda tarmoq korxonalariga koʻmaklashish, ularga axborot xizmatlari koʻrsatish.
 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, kichik ishlab chiqarish korxonalariga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasi boʻyicha amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar haqida maʼlumot berish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni xarid qilish imkoniyatlari yoritilgan axborot-marketing, uslubiy-taʼminot xizmati va maslahat yordamini koʻrsatish.

Manba: O'zA

Поделиться