O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Olmaliqda “Yoshlar oyligi” doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi

2020-06-30 | Yoshlar

Sport - salomatlik garovi! Uning qaysi turi bo‘lmasin, insonni ham jismonan, ham ma’nan barkamol bo‘lishiga xizmat qiladi. Sog‘lom tanda - sog‘ aql, deb bejiz aytmaydi dono xalqimiz.

Mudofaa vazirligi Toifalangan ob'yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligining Olmaliq shahrida joylashgan harbiy qismida ham ana shu naqlga amal qilgan holda, “Yoshlar oyligi” doirasida harbiy xizmatchilar o‘rtasida sportning tosh ko‘tarish, armrestling va yugurish turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.
 
Shu kuni “Barkamol avlodni tarbiyalash - pirovard maqsadimiz” mavzusida tashkil qilingan shaxmat-shashka musobaqalarida harbiy xizmatchilarning farzandlari ham ishtirok etdilar.
 
Tengdoshlari bilan qarama-qarshi o‘tirib olib, xuddi kattalardek shaxmat va shashka donalarini surgan mittivoylarning bahslari juda qizg‘in va taassurotlarga boy bo‘ldi.
 
Musobaqalar yakunida g‘oliblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться