O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi ijrosi tahlili va 2020/2021 yil uchun OTMlarga qabul masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

2020-06-30 | Ta’lim

2020-yil 29-iyul kuni soat 15:00da Milliy matbuot markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi joriy yil birinchi yarim yilligi ijrosi tahlili va 2020/2021 yil uchun OTMlarga qabul masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillariga mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohada ta’lim sifatini oshirish yo‘lida tub islohotlarni olib borishga imkon berdi.

Jumladan, qamrovni oshirish yuzasidan kontseptsiyala belgilangan vazifalar ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-son qarori bilan bajarildi. Qarorga muvofiq davlat buyurtmasi parametrlari bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha jami 139 950 nafar hamda magistrlar tayyorlash bo‘yicha 10 425 nafar etib belgilandi (2020-yil yakuniga yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 25 foizga yetkaziladi).

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasi oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratilishi belgilandi.

Nodavlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 4 ta nodavlat oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi. O‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i loyihasi ishlab chiqildi. 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab 33 ta oliy ta’lim muassasasida o‘quv jarayonlarini kredit-modul tizimiga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

2020 yilning 1-yarim yilligi davomida oliy ta’lim muassasalarining 268 nafar professor-o‘qituvchilari xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborilgan. Respublika oliy ta’lim muassasalariga 278 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb qilingan. Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlaridagi o‘quv jarayonlarini olib borish uchun 592 nafar professor-o‘qituvchi jalb qilingan bo‘lib, ularning 89 nafari xorijda malaka oshirgan va stajirovkadan o‘tgan professor-o‘qituvchilar.

Raqamli universitet loyihasi doirasida ishlab chiqilayotgan oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha «Ma’muriy boshqaruv», «O‘quv jarayoni», «Ilmiy faoliyat» va «Moliyaviy boshqaruv va statistika» axborot tizimlarini o‘z ichiga oladi. Loyihaning «O‘quv jarayoni» va «Ilmiy faoliyat» axborot tizimlarining dastlabki bosqichi 2020/2021 o‘quv yilida ishga tushiriladi. Ushbu axborot tizimi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi hamda “Raqamli Toshkent” kompleks dasturining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi rejalashtirilgan.

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar yuzasidan 2020-yilda respublika oliy ta’lim muassasalarida 470 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Respublikada karonavirus pandemiyasi sharoitida oliy ta’lim muasasaslarida ilmiy tadqiqotchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bosh ilmiy-metodik markaz platformasida dissertatsiyalar himoyasini masofadan (onlayn) tashkil etish tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

Xalqaro tan olingan «Scopus», «ScienceDirect», «Web of Science» va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar nashri ko‘rsatkichini va iqtiboslik ko‘rsatkichini oshirish yuzasidan «Elsevier» kompaniyasi bilan hamkorlikda respublika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, tadqiqotchilari uchun muntazam vebinarlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslangan jurnallarda 1214 ta maqola chop etildi. Xalqaro nufuzli ilmiy jurnallarda maqola chop etgan mualliflarni rag‘batlantirish tizimi joriy etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Поделиться