O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qurilish: bir yilda oltmishta norma yangilandi

2020-06-29 | Jamiyat

Endilikda pudrat tashkilotlarining va ishchi muhandislari sifatini oʻz ichiga oladigan reyting tizimi ishlab chiqilmoqda. Unda ishchi muhandislarning kasbiy bilimi, korxona bajargan ishlari koʻlami, soliq toʻlovi va bankdagi hisobraqami kabi omillar hisobga olinadi.

– Shunda sogʻlom raqobat muhiti shaklanadi, – deydi Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Hidoyatov. – Shu yilning yakuniga qadar bu boradagi ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha aniq rejalarni tuzib olganmiz. Yaqinda Prezidentimiz oxirgi ikki yilda davlat dasturlari doirasida bor yoʻgʻi 182 ta tender oʻtkazilgani aytib, oʻrinli tanqid qilgan edi. Shu asosda ilgʻor davlatlar tajribasini oʻrganib, xorijiy davlatlar mutaxassislari bilan mukammal tender portalini tayyorlashni boshladik. Bu esa shaffoflikni taʼminlaydi.
 
Tan olish kerak, bugungi kunda qurilish sohasida eski meʼyorlar va normalar hamon mavjud. Shu yilning oʻzida 60 ta yangi norma tayyorlab, amaliyotga joriy etishni rejalashtirganmiz. Bu boradagi ishlarimiz 2025-yilga qadar davom etadi. Zamonaviy va murakkab obyektlarni qurayotgan investorlarda muammo yuzaga kelmasligi, yurtimizda jozibador loyihalarni amalga oshirilishiga erishish uchun ilk marotaba Vazirlik qoshida Qurilishda texnik meʼyorlash markazi faoliyati tashkil etildi. Unda jahon miqyosidagi ilgʻor bilim va tajribaga ega mutaxassislar faoliyat olib borishmoqda.
 
Qurilish sohasida raqamlashtirishni toʻliq joriy etishda Geoaxborot tizimi alohida ahamiyatga ega. Bu tizimga yurtimiz shaharsozlik genplanlari joylashtiriladi. Joriy yilning 1-iyunida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida sinov tariqasida ishga tushirilgan “Shaffof qurilish” axborot tizimiga Geoportal ham integratsiyalashtirilgan. Endilikda yurtimizda ish boshlamoqchi boʻlgan xorijiy investorlar qayerda, qanday qurilish ishlarini olib borishlarini mumkinligini shu tizim orqali bemalol bilib olishlari mumkin boʻladi.
 
Bunda esa vazirlik qoshidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining oʻrni alohida. Ularga sohani toʻliq raqamlashtirish vazifasi yuklatilgan boʻlib, loyiha va pudrat tashkilotlari reytingi, tanlov savdolari va ekspertiza jarayonlarini elektronlashtirish, qurilishda raqamlashtirilgan nazoratni amalga oshirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
 
Agarda qurilish nazorati toʻliq raqamlashtirilsa, avvalo nazorat inspektorlariga qulaylik yaratiladi. Ishning sifati oshib, vaqt tejaladi. Shuningdek, vazirlik inspektorlar faoliyatini toʻliq nazorat qilishiga erishadi va korrupsiyani oldi olinib, jarayon shaffoflashadi. Bu esa tadbirkor pudratchilar faoliyatini ham osonlashtiradi. Ortiqcha sarsongarchilik va qogʻozbozlikka barham beriladi.
 
Ayni vaqtda vazirlik rasmiy saytiga qurilish jarayoni kalkulyatori joylashtirilmoqda. Bu nima degani? Istagan kishi, xoh yurtdoshlarimiz yoki xorijiy investorlar boʻlsin, undan bemalol foydalanishlari mumkin. Oʻzbekistonda biror bir obyekt qurmoqchi boʻlgan tadbirkor, u orqali ishni nimadan boshlash kerak?, qanday jarayonlardan oʻtiladi?, qaysi hujjatlar talab etiladi, hattoki sarflanadigan mablagʻ va vaqt hajmi ham unda aniq koʻrsatilgan boʻladi.

Manba: O'zA

Поделиться