O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Firma nomiga bo‘lgan huquq qanday yuzaga keladi?
2020-06-29 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga (https://lex.uz/docs/180552) binoan, firma nomiga bo‘lgan huquq keltirilgan.
Xususan kodeksning 1098-moddasida yuridik shaxs tovarlarda, ularning idishi va o‘rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda va o‘zining faoliyati bilan bog‘liq boshqa hujjatlarda, shuningdek mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida firma nomidan foydalanishda alohida huquqqa egaligi belgilangan.
Yuridik shaxsning firma nomi uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi. Firma nomiga bo‘lgan huquq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan e’tiboran yuzaga keladi.
Yuridik shaxsning firma nomi tegishli yuridik shaxslarni aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin bo‘lgan darajada avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan nomga o‘xshab ketadigan bo‘lsa, u ro‘yxatga olinishi mumkin emas.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi