O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Navoiy viloyati IIB hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida “Harbiy bilimdon” intellektual bellashuvi o'tkazildi
2020-06-29 | Jamiyat
Tashabbuskorligini ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi misolida aytishimiz mumkin. Ayniqsa, kelajak avlod vakillari yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda keng imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda, birdamlikda, g'ayrat va shijoatga to'la ongu shuurlari bilan yuksak marralarga erishayotganligi alohida e'tirofga loyiq.
30 iyun` – “YOshlar kuni” munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tashabbusi doirasida harbiy qismlarda boshlang'ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi tomonidan viloyatdagi harbiy qismlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o'rtasida “ZOOM” ilovasi orqali onlayn tarzda “Harbiy bilimdon” intellektual o'yini tashkil etildi. Mazkur intellektual bellashuvda viloyat IIB, FVB, Bojxona boshqarmasi, Milliy Gvardiya Boshqarmasi, 7551- hamda 7532-harbiy qismlar jamoalari o'zaro ma'naviy kuch sinashdi.
“Mutolaa zavqi kishilar hayotiga mazmun bag'ishlaydi, – deydi viloyat IIB YOshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot etakchisi, katta leytenant T.SH.Abdurasulov. – Sog'lom raqobat asosida tashkil etilgan mazkur bellashuvning shaffofligi shundaki, unda g'olib yoki mag'lub jamoaning o'zi yo'q. Harbiy soha vakillari egallagan bilimlarimizni do'stona sinovdan o'tkazamiz, bilmaganlarimizni o'rganamiz. Ta'kidlash joizki, intellektual o'yinlar xodimni o'z ustida yanada ko'proq ishlashga undaydi”.
Har bir jamoa tarkibida 6 nafardan qatnashchi ishtirok etib, badiiy asarlar hamda mantiqiylik asosida tuzilgan savollarga javob berdilar. Bellashuv yakuniga ko'ra, Navoiy viloyati IIB jamoasi 1-o'rinni, FVB xodimlari 2-o'rinni hamda Bojxona boshqarmasi jamoasi tarkibi 3-o'rinni qo'lga kiritdi.
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi