O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yashil” hududlarda “Yoshlar kubogi” musobaqalari boʻlib oʻtmoqda

2020-06-28 | Sport

Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra bugun yurtimizning “yashil” hududlarida “Yoshlar oyligi” doirasida sportning stol tennisi, mini futbol, voleybol, badminton turlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.

Jumladan, mazkur buyruqning ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan “yashil” hududda joylashgan Yangiyer shahar bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hamda viloyat futbol mahorat maktabi sport inshootlarida “Yoshlar kubogi” musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri karantin qoidalariga asosan ochiq sport maydonlarida ijtimoiy masofani saqlagan holda tashrif buyuruvchilarning sonini cheklash shartlari asosida oʻtkazildi. “Yoshlar kubogi” musobaqalariga 100 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Musobaqalar yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться