O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ichki ishlar vazirligi vakillari O'zbekiston hududida avtomobillarni texnik tekshirish markazlarini tashkil etish bo'yicha loyihani muhokama qilishdi
2020-06-23 | Jamiyat
Joriy yilning 23-iyun kuni O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi ko'magida Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbariyati va Koreyaning “SILKROSS” kompaniyasi vakillari o'rtasida respublikada avtotransport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazish markazlarini tuzish loyihasini muhokama qilish maqsadida videokonferentsiya orqali muzokaralar olib borilishdi.
Tadbir davomida, Janubiy Koreya hamkorlari bilan jismoniy va yuridik shaxslar, transport vositalari egalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, avtomototransport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazishdagi xalqaro talablar, transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazilishidagi samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbatlashuv yakunlariga ko'ra ushbu sohadagi o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishni davom ettirishga kelishildi.
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi