RASMIY XABAR: 18-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 5730 nafarni tashkil etmoqda
18-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5730 (+33) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari Karantin markazidagi ( Rossiya, BAA va Qozogʻistondan kelgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 5 nafari poytaxtimizdagi “Oʻrikzor” savdo majmuasida yuk tashuvchi boʻlib faoliyat koʻrsatib, kasalligi tasdiqlangan fuqaro bilan muloqotda boʻlgan, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyati, 1 nafari Sirdaryo viloyati hududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida hamda 1 nafari poytaxtimizda aholi orasida qayd etilgan.
Ayni paytda yurtimizda 4166 (+35) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaydi. Bu umumiy kasallikka chalinganlarning 72 foizi shifo topganligini bildiradi.
Hozirda mamlakatimizning oʻn hududidagi davolash muassasalarida 1545 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ularning 12 nafari ogʻir ahvolda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Manba: O'zA