O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy-O'zbekiston an'anaviy tibbiyot markazi ochildi
2020-06-15 | Sog‘liqni saqlash
Toshkentda Xitoy-O'zbekiston an'anaviy tibbiyot markazi ochildi. Markazni eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jiozlashga alohida e'tibor qaratildi.
Xitoylik shifokorlarning bir qoidasi bor, ular — “bemorni kasal bo'lishidan oldin davolash lozim”, deyishadi. Davolashda Xitoy an'anaviy tibbiyotining asosiy beshta mezoni - mumtoz qoidalardan foydalaniladi.
Bu qoidaning birinchisida — “shifokor kasallikni emas insonni davolashi zarur”, deb ta'kidlanadi. Xitoylik shifokor bemorni davolashga alohida mehr, diqqat, e'tibor va favqulodda yuqori mas'uliyat bilan yondashadi. Va bu yondashuv hozirgi zamon tibbiyotida ham qoida bo'lib qolishi kerak.
Jiangxi universiteti Xitoyning etakchi ixtisoslashgan universitetlaridan biri bo'lib, Xitoy an'anaviy tibbiyoti sohasida professional kadrlar tayyorlash, og'ir va davolab bo'lmas kasalliklar profilaktikasi va davolash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlanmalari bilan shug'ullanadi.
Xalqaro sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga qaraganda so'nggi yarim asrda xitoyliklarning o'rtacha yashash umri qarib 40 yoshga ortgan. Bu yutuq esa Xitoy an'anaviy tibbiyotining tajribasi bilan birga zamonaviy tibbiyot yutuqlarining hayotga tatbiq etilishi natijasidir. Bunday tajriba endi yurtimizda ham tatbiq etiladi.
Manba: «Yangi O"zbekiston»