O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qalb va til pokligini ulugʻlagan pir
2020-06-15 | Madaniyat
Maʼlumot oʻrnida Sayyid Amir Kulol Buxorodagi Yetti pirning biri. 1281-yilda hozirgi Kogon tumani Yangi Hayot qishlogʻida tugʻilgan.
Xoja Muhammad Boboyi Samosiydan tahsil olgan.Nevarasi Mavlono Shahobiddin tomonidan tayyorlangan «Maqomoti Amir Kulol», “Ogohiyi Sayyid Amir Kulol” asarlarida bu pir haqida qimmatli maʼlumotlar bor.Bu kitobning birinchisi 1909-yilda Buxoroda, ikkinchisi esa 1961-yilda Pokistonda nashr etilgan.Amir Kulol 1370-yilda vafot etgan.
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Sohibqiron bu oʻgitlarga amal qilib, yuksak martabalarga erishgani esa tarixdan yaxshi maʼlum.
Bilasiz, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar qatorida “Yetti pir” ziyoratgohi, jumladan, Sayyid Amir Kulol mangu qoʻnim topgan maskan ham dunyoning turli goʻshalaridan tashrif buyuradigan ziyoratchilaru sayyohlar bilan gavjum boʻlib kelgan.Shuni hisobga olgan holda hukumatimiz tomonidan bu qadamjo hududida keng koʻlamli qurilish – taʼmirlash, obodonchilik yumushlari bajarildi.Yangi masjid, tahoratxona, mehmonxona, kulolchilik ustaxonasi barpo qilindi.Koʻkalamzorlashtirish, obodonchilik ishlari amalga oshirilayapti.Bir soʻz bilan aytganda, bu yerda ziyoratchilar uchun zarur barcha qulayliklar yaratildi.
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Istam IBROHIMOV