O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pandemiya sharoitida “elektron tijorat” insoniyat uchun eng dolzarb, eng zarur vositaga aylandi - Jamg'arma direktori

2020-06-15 | Texnologiyalar

Joriy yilning 13-iyun kuni “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi, Alibaba Group, China Campus Network Uzbekistan kompaniyalari hamkorligida “Oʻzbekistonda elektron tijorat istiqbollari” mavzusida onlayn biznes forum oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi, Davlat Soliq va Bojxona qoʻmitalari mutaxassislari, yosh tadbirkorlar va yoshlar vakillari ishtirok etdi.

Forumda “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Xayrulla Sattarov yosh tadbirkorlar va ishtirokchilarga elektron tijoratga doir oʻz bilim va koʻnikmalarini oʻrtoqlashdi. Yoshlar ushbu tadbirkorlik yoʻlini tanlaganida yuzaga keladigan toʻsiqlarni sanab oʻtib, ularga yechimlar taklif qildi.

 

“Bugungi pandemiya sharoitida “elektron tijorat” sohasi insoniyat uchun eng dolzarb, eng zarur vositaga aylandi. Vaziyat tadbirkordan 7 kun, 24 soat onlayn boʻlishni talab qilyapti.

Dunyoga mashhur Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts aytganidek “Kelajakda bozorda ikki turdagi kompaniyalar mavjud boʻladi: birinchisi bu internetda onlayn boʻlganlar, ikkinchisi biznesni tark etganlar”.

Menimcha biz shu kelajakka yetib keldik”, dedi Xayrulla Sattarov.

Shuningdek, Forum davomida elektron biznes – muvaffaqiyatga erishgan yirik kompaniyalar faoliyati misolida tushuntirib berildi. Alibaba Group kompaniyasiga asos solinishi va rivojlanish tarixi, uning rivojlanish strategiyasi haqida “China Campus Network” nodavlat taʼlim agentligi asoschisi, Alibaba.com ekotizimi hamkori Mr. Chzhou Young atroflicha maʼlumot berdi.

Forumda qayd etilishicha, shu bugunga qadar “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi axborot kommunikatsion texnologiyalar yoʻnalishidagi 271 ta loyiha uchun 25 milliard 900 million kredit ajratgan. Mazkur biznes loyihalarining barchasi amaliyotga tatbiq etilgan boʻlib, shu orqali mingga yaqin yoshlarning bandligi taʼmingan.

Поделиться