O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oilaviy nizolarga asosiy sabab nima?

2020-06-13 | Jamiyat

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligida fuqarolar yigʻinlari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan videoselektor yigʻilish boʻldi.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.Mamatov aholi orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish koʻrsatkichlari tobora oʻsib borayotganiga toʻxtalib, bu aholi sogʻligʻi va bandligini taʼminlashga oʻz taʼsirini koʻrsatayotgani, shu sababli keng miqyosda tushuntirish ishlarini olib borish va masʼuliyat hissini mustahkamlash zarur ekanini aytdi.
 
Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kambagʻallikni qisqartirish, tomorqadan oqilona foydalanish, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” tamoyili asosida harakatlar rejasi samarali amalga oshirilmayotgani qayd etildi.
 
Jumladan, qilinishi lozim boʻlgan ishlarning aniq reja va yoʻnalishlari belgilab olinmagani tanqid qilindi. Bu boradagi hududiy masʼul xodimlar faoliyati qoniqarsiz baholandi. “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” loyihalari boʻyicha qurish ishlarida eʼtibor qaratiladigan ustuvor vazifalar boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.
 
Taʼkidlanganidek, joriy yilning oʻtgan davrida 9465 oilaviy ajrashish qayd etilgan boʻlsa, ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar soni 10740 tani, noqonuniy nikoh asosida yashayotganlar 8313 tani tashkil qilmoqda.
 
Bu boradagi salbiy koʻrsatkichlar Toshkent shahri, Sirdaryo, Navoiy, Andijon, Toshkent viloyatlariga toʻgʻri kelayotgani, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, oila va nikohning ahamiyati haqida keng jamoatchilik orasida olib borilayotgan targʻibot-tushuntirish ishlari toʻgʻri tashkil etilmayotganini, bunda nuroniy otaxon va onaxonlar yordamidan foydalanishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani aytildi.
 
Oilaviy ajrashishlar umumiy soni oʻtgan yilga nisbatan kamaygan boʻlsada, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida bu koʻrsatkichlar yuqoriligicha qolmoqda. Nizoli oilalar 12931 tani tashkil etib, eng yuqori koʻrsatkich Xorazm, Fargʻona, Samarqand viloyatlarida aks etmoqda. Oilaviy nizolar va muammolarning vujudga kelishiga xotin-qizlar oʻrtasidagi ishsizlik asosiy sabablardan biri boʻlmoqda.
 
Joylarda aholi bandligini taʼminlash borasida Andijon viloyati Andijon shahri, Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahri, Fargʻona viloyati Fargʻona tumani, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani, Buxoro viloyati Kogon, Vobkent tumanlaridagi ishlar jiddiy tahlil qilindi.
 
Joriy yilning besh oyi davomida Surxondaryoda 509, Fargʻonada 262, Namanganda 217 oilani kambagʻallikdan chiqarishga erishilgan.
 
Videoselektor yigʻilishida muhokama etilgani masalalar boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
 
 

Поделиться