RASMIY XABAR: 10-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 4591 nafarni tashkil etmoqda
10-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4591 (+44) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hamda 6 nafar aholi orasida qayd etildi.
Ayni paytda yurtimizda 3504 (+29) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaydi.
Hozirda mamlakatimizning toʻqqiz xududidagi tibbiyot muassasalarida jami 1069 nafar koronavirusga chalingan bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ularning 8 nafari ogʻir, 1 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.