O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oqqoʻrgʻonlik pillakorlar rejani bajardi

2020-06-08 | Iqtisodiyot

Toshkent viloyatida joriy yilda ham ipak qurtini jonlantirish, pillakorlarga zarur sharoit yaratish, yetishtirilgan xomashyoni qabul qilish bilan bogʻliq ishlarni sifatli tashkil etish boʻyicha barcha chora-tadbirlar koʻrildi. Ayni kunlarda mavsumiy tadbirlar davom etmoqda.

Viloyat pillakorlari birinchi mavsumda 20 mingdan ortiq, ikkinchi mavsumda 5 mingdan ortiq quti ipak qurti urugʻlarini parvarishlab, qariyb 1,5 ming tonna pilla yetishtirishni reja qilgandi.

Bu yilgi ilk pilla mavsumida Oqqoʻrgʻon tumanidagi 2 ming 40 xonadonda ipak qurti parvarishlandi. Ular rejani oshirib bajardi. Tuman boʻyicha 2 ming 598 quti urugʻdan 143 ming kilogrammdan ziyod yuqori sifatli pilla yetishtirilib, “Oqqoʻrgʻon agro pilla” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan tuzilgan shartnoma ortigʻi bilan uddalandi.

Mavsumda, ayniqsa, “Oqqoʻrgʻon”, “Qahramon”, “Guliston”, “Madaniyat”, “Oʻzbekiston”, “Hamid Olimjon, “Alisher Navoiy”, “Sultonobod”, “Ozod”, “Akmal Ikromov”, “Qonqa” MFY pillakorlari peshqadam boʻldi. Ularning mehnatlari “Oqqoʻrgʻon agro pilla” MCHJ va tuman hokimligi tomonidan tizimli ravishda ragʻbatlantirildi.

“Kumush tola”ni yetishtirish boʻyicha Yangiyoʻl tumani pillakorlari ham ilgʻorlar qatorida. Ayni kunlarda pillachilar yetishtirilgan hosilni xirmonga topshirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu yil pilla boquvchilarga bir qator imtiyozlar va imkoniyatlar yaratildi. Xususan, 1 ming 806 quti ipak qurtidan joriy yilda 99 tonna pilla mahsuloti olish koʻzda tutilgan. Shuni ham taʼkidlab oʻtishimiz joizki, yetishtirilgan pillani topshirish vaqtida aholi naqd pullarni tarozi yonida oladi.

Tuzilgan shartnomalarga asosan yetishtirilgan hosil qayta ishlash korxonalariga joʻnatilmoqda.

Chinoz tumani pillakorlari bir kunda 4-4,5 ming kilogrammdan pilla topshirmoqda. Tumanning mehnatkash pillakorlari joriy yilda 128 tonna pilla yetishtirishni reja qilgan. Doʻstlik mahallasidagi “Chinoz nihol Azizbek” fermer xoʻjaligi aʼzolari ham birinchilardan boʻlib, zimmalaridagi vazifani 120 foizga ado etdi.

– Tumanda faoliyat yuritayotgan “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyati “Golden silk” fabrikasi bilan shartnoma tuzgan boʻlib, hozir pillakorlar hosilning katta qismini xirmonga yetkazish ishlari bilan mashgʻul, – deydi tumanda yashovchi Akbar Usmonov. – Bu yerda biz kabi pillani topshirish uchun kelganlarga barcha sharoit yaratilgan. Oilamiz bilan yetishtirgan ipak qurtining 1 qutisidan 70-75 kilogrammgacha pilla oldik, puli ham joyida toʻlanmoqda. Ikki quti pilladan qariyb 3 million soʻm daromad, undan tashqari “bonus”lar ham bor.

Sohada xarid narxlarining oshirilishi, tutzorlar maydonining kengaytirilgani va pillakorlarni ragʻbatlantirishning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kuzatuvlarga koʻra, bu yil viloyatda pilla yetishtirish oʻtgan yillarga nisbatan sezilarli darajada oshdi. Xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratilib, pillakorlar daromadi ortmoqda.
 

 

Abdulaziz MUSAYEV

Поделиться