O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

RASMIY BAYONOT: 7-iyun kuni koronavirus yuqtirgan 217 fuqaro aholi orasidan aniqlangan

2020-06-08 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 4 ming 352 nafarga yetdi. 7-iyun kuni 86, kasallik qayd etilgandan buyon esa 3 ming 354 nafar, yaʼni 77 foiz bemor toʻliq sogʻaygan. Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, shifoxonalarda 981 bemor davolanmoqda, 6 nafarining ahvoli ogʻir, 2 nafarining ahvoli oʻta ogʻir. 45 mingdan koʻproq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. Ularning 22 mingga yaqini statsionar sharoitda karantinga joylashtirilgan.
 
Hurmatli yurtdoshlar!
 
Koronavirus kasalligi boʻyicha epidemik vaziyat oʻta murakkabligicha saqlanib turibdi. Kuni kecha qayd etilgan Toshkent shahridagi 195 nafar, Toshkent viloyatidagi 10 nafar, Xorazm viloyatidagi 8 nafar va Sirdaryo viloyatidagi 4 nafar bemor aholi orasidan qayd etilgan.
 
Bundan koʻrinib turibdiki, vaziyat murakkablashib bormoqda. Har birimiz koʻchaga chiqish, muloqotga kirishish orqali kasallanish ehtimolimiz borligini unutmasligimiz kerak. Karantin tadbirlariga toʻliq rioya qiling. Doka niqobda boʻling, muloqotlarda oraliq masofani saqlang, uyga qaytganingizdan keyin antiseptik vositalardan foydalaning.
 
Ming afsuski, aholi orasida bu kabi tavsiyalarga panja orasidan qarayotgan, befarq munosabatda boʻlayotganlar koʻpayib ketyapti. Vaziyat murakkablashib borayotganini bilib turibsiz. Uni ijobiy yoki salbiy tomonga oʻzgartirish har birimizning harakatimizga bogʻliq ekanini unutmang.

Поделиться