O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Finlandiya Elchisi bilan muzokaralar to‘g‘risida
2020-06-05 | Siyosat
2020-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov Finlandiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Helsinki shahrida) Mariya Elina Liivala bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbatdoshlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, sud-huquq va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati yuzasidan fikr almashdilar.
Xalqaro tashkilotlar va O‘zbekiston-YI muloqoti doirasidagi munosabatlarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi qabul qilinishi ijobiy baholandi va Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolash muhimligi ta’kidlandi.
Suhbat chog‘ida “yashil texnologiyalar” sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, O‘zbekiston-Finlandiya ekologik loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokarada bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.