O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublika maxsus komissiyasining axboroti

2020-05-18 | Jamiyat

Xabaringiz bor, karantin davrida fuqarolar uchun yana-da qulay sharoitlar yaratish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xorijiy tajriba oʻrganilgan holda joriy yilning 18-may kunidan Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) hamda Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Fargʻona vodiysiga temir yoʻl qatnovi (borish va qaytish) uchun koronavirus infeksiyasiga test topshirish talabi belgilangan edi.

Karantin sharoitida aholining iqtisodiy holatini eʼtiborga olib, shuningdek, harakatlanish vaqtida yoʻlovchilarning ijtimoiy masofa saqlashiga sharoit mavjudligini nazarda tutib, qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida ortiqcha noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi.
 
Endilikda yuqorida koʻrsatilgan reyslar boʻyicha harakatlanayotgan yoʻlovchilardan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganligi haqidagi maʼlumotnoma talab etilmaydi.
 
Shu bilan birga, avia va temir yoʻl qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yoʻlovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari soʻzsiz bajarilishi talab etiladi.

Поделиться