O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

RASMIY BAYONOT: Oʻzbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 517 bemor qoldi, 8 nafarining ahvoli ogʻir

2020-05-17 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus yuqtirgan bemorlar umumiy soni 2741 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 2213 nafari toʻliq sogʻayib, reabilitatsiya markazlariga oʻtkazilgan. Sogʻliqni saqlash vazirligidan olingan maʼlumotga koʻra, shifoxonalarda davolanayotgan 517 bemordan 7 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir.
 
Hurmatli yurtdoshlar!
 
Karantin tadbirlari davom etyapti. 48 mingdan koʻproq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. Oxirgi bir kunning oʻzida 13 ming, kasallik dastlabki aniqlangan kundan bugunga qadar 487 mingdan koʻproq holatda laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilgan.
 
Karantin tadbirlari bir muncha yumshatildi, lekin bekor qilingani yoʻq. Karantin tadbirlarini nechogʻlik foydali va samarali ekanligini barchamiz anglab yetdik. Endilikda hammamiz bir muddat karantin tadbirlariga rioya etishni davom ettirishimiz kerak. Shundagina vaziyatni barqaror ushlab qolamiz. Har biringiz bugungi holatni toʻliq idrok etib, masʼuliyat bilan yondashadigan boʻlsangiz, vaziyat chigallashib ketishining oldi olinadi.

Поделиться