O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron transport vazirlari videokonferensiya shaklida muzokara o‘tkazdi

2020-05-13 | Iqtisodiyot

Transport vazirligida O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron transport vazirliklari va idoralari rahbarlari o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokara o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G‘anyiev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi o‘rinbosari Akmal Kamolov, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov va boshqalar ushbu delegatsiya tarkibidan joy oldi.

Onlayn uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro transport-kommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Koronavirus pandemiyasining savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga salbiy ta’sirini kamaytirish choralari to‘g‘risida fikr almashildi.

Logistika sohasida aloqalarni o‘rnatish, turli yo‘nalishlarda yuklarni barqaror tashishni ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Videoanjumanda Elyor G‘aniyev so‘zga chiqib, pandemiya sharoitida davlat chegaralari orqali temir yo‘l transportida tranzit yuklarni tashishni tiklashning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Transport sohasida cheklov choralari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish va cheklovlarni yumshatishni taklif qildi.

“Sanitariya-epidemiologiya standartlari shartlariga rioya qilgan holda davlatlarimiz hududlari orqali avtomobil transportida yuklarni tashishda cheklovlarni yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur”, dedi E.G‘anyiev.

Tadbirda mamlakatlarimiz transport sohasida mavjud qonun va qoidalar to‘g‘risida ma’lumot almashishga kelishib olindi.

“O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – O‘mon” transport yo‘lagi orqali yuk tashishni tashkil qilish imkoniyatlari o‘rganib chiqildi.

Поделиться