O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
RASMIY BAYONOT: Oʻzbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 774 bemor qoldi, 11 nafarining ahvoli ogʻir
2020-05-05 | Sog‘liqni saqlash
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:
– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus yuqtirgan 2189 fuqaro roʻyxatga olingan. Bemorlarni davolashda ijobiy natijalar qayd etilishi davom etyapti. 4-may kuni 86 fuqaro toʻliq sogʻayib, reabilitatsiya markazlariga oʻtkazildi. Ayni paytga qadar1405 bemor toʻliq sogʻaygan. Shifoxonalarda davolanayotgan 774 bemordan 10 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir, deb baholanyapti
Hozirda 52 mingdan ortiq fuqaro statsionar va uy sharoitida karantin muddatlarini oʻtayapti. Kechaning oʻzida 10 ming 500 dan ziyod, shu paytga qadar esa jami 335 mingdan koʻproq koronavirus kasalligiga laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilgan.