O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hurmatli turistik biznes vakillari!

2020-05-04 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti turistik biznes vakillarini Ispaniyalik xalqaro ekspert ishtirokidagi vebinarda ishtirok etishga taklif qiladi.  

Mavzu: Sayyohlik billur sharini birlashtirish: turizmning kelajagini bashorat qilish. Sayyohlik billur shariga savollar. Mutaxassis: Luis Mesalyes - Xalqaro turizm va mehmondo‘stlik bo‘yicha maslahatchi (Ispaniya) Tadbir 2020-yil 5-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da ingliz tilida bo‘lib o‘tadi.

Vebinar ishtirokchilarga COVID-19 pandemiyasidan keyin turizmning omon qolish imkoniyatlari, turistik transport vositalari va marshrutlarning kelajakdagi holati to‘g‘risida maʼlumot olishga imkon beradi. Vebinarda ishtirok etish orqali siz sayyohlik xizmatlari bozorining kelajakdagi holatini, shuningdek, turizm industriyasi va mehmondo‘stlikning istiqbollari va istiqbolli yo‘nalishlarini tahlil qilishingiz mumkin bo‘ladi. Vebinarda ishtirok etish bepul! Vebinarda ishtirok etish istagini bildirgan sayyohlik biznesi vakillaridan arizalarni 2020-yil 5-mayga qadar +99897 3335722 raqamiga yuborishlarini so‘raymiz. Arizada qo‘yidagilarni ko‘rsatishingizni so‘raladi: - ishtirokchining familiyasi va ismi; - tashkilot nomi; - mobil telefon raqami; - elektron pochta manzili.  

Поделиться