O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Suv omborida olib borilayotgan ishlar yuzasidan koʻrsatmalar berildi

2020-05-03 | Siyosat

Oddiy hayot haqiqati bor. Bu dunyoda xursandchilik va tashvish, yutuq va qiyinchiliklar hamisha yonma-yon yuradi. Yurtimizning qadim tarixida bunday voqealar koʻp boʻlgan. Lekin koʻpni koʻrgan, azmu shijoatli xalqimiz bunday vaziyatlarni hamisha aql-idrok, sabr-toqat va jasorat bilan yengib oʻtgan.

Kuni kecha Sirdaryo viloyatida yuz bergan hodisa bu haqiqatni yana bir bor tasdiqladi. Iqtisodiy taraqqiyot va ravnaq yoʻlida shiddat bilan ilgarilab borayotgan mamlakatimiz jiddiy sinovga duch keldi. Ammo irodasi mustahkam, matonatli elimiz bu safar ham hamjihatlik va ahillik namunasini koʻrsatmoqda.

Bu qatʼiyat kunu tun xalq manfaatini, yurtning tinchligi va osoyishtaligini oʻylab yashayotgan davlatimiz rahbari boshchiligida qudratli toʻlqinga aylandi.

Prezidentimiz hodisa yuz bergan dastlabki soatlardayoq bu yerga zudlik bilan yetib kelib, odamlarga hamdard va yelkadosh boʻlgani, “talafot oqibatlarini qisqa vaqtda bartaraf etamiz, jabr koʻrgan har bir inson, har bir xonadonga albatta yordam beramiz”, degan soʻzlari Sirdaryo ahliga juda katta madad va dalda berdi.

Davlatimiz rahbari ikki kun davomida viloyatda qolib, vaziyatni barqarorlashtirish ishlariga shaxsan bosh-qosh boʻldi. Shu bois ham xalqimiz bu kutilmagan tabiiy ofat oldida oʻzini yoʻqotib qoʻymadi. Hamma bir tanu bir jon boʻlib, hududda normal hayotni tiklash borasida faollik va fidoyilik koʻrsatmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugun ham Sirdaryo viloyatida boʻlib, Sardoba suv ombori hududida amalga oshirilayotgan tiklash-taʼmirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Maʼlumot oʻrnida shuni aytish lozimki, mazkur suv inshooti Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi 6 ta tuman ekin maydonlarini suv bilan taʼminlash maqsadida barpo etilgan. Hozirgi vaqtda toshqin yuz bergan joyda 2 ta brigada tashkil etilib, toʻgʻon yorigʻining chap va oʻng qirgʻoqlarida jadal ish olib borilmoqda. Bu jarayonga yuzlab malakali mutaxassislar, mingdan ortiq maxsus texnikalar jalb etilgan. Katta harsang toshlar, beton bloklar va plitalar, boshqa tegishli qurilish materiallari keltirilib, toʻgʻon oldida yarim aylana shaklida toʻsiq devor barpo etilmoqda. Ishchi-muhandislar, haydovchilar uchun barcha sharoit yaratilib, saʼy-harakatlar kechayu kunduz tashkil etilgan.

Поделиться