O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Talafot yetgan toʻgʻonni tiklash boʻyicha koʻrsatmalar berildi

2020-05-02 | Siyosat

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida yuz bergan favqulodda vaziyat sababli ushbu hududda boʻlib turibdi.

Sardoba suv ombori toʻgʻonining ochilishi kutilmagan ofat, el boshiga tushgan yana bir sinov boʻldi. Davlatimiz rahbari boshchiligida xalqimiz birlashib, sarosimaga tushmay, sabr-matonat va mehnat bilan tez fursatlarda uning oqibatlarini bartaraf etishga kirishdi.

Hukumat komissiyasi tuzilib, bu boradagi ishlarga barcha kuch va vositalar safarbar etildi. Suv bosgan mahallalar aholisi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi, boshpana va oziq-ovqat bilan taʼminlandi.

Yuzaga kelgan talafotlarni bartaraf etish ishlari bugun ham davom etmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi, huquq-tartibot idoralari, qurilish-taʼmirlash tashkilotlari va mahalliy hokimliklar oʻzaro muvofiq harakat qilib, turmush sharoitlarini tiklash choralarini koʻrmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu yerda tiklash ishlari kunu tun tashkil qilingan, yuzlab qurilish va boshqa maxsus texnikalar tinimsiz ishlamoqda. Suv inshootlariga ixtisoslashgan yuqori malakali muhandislar, boshqa tutash soha va tarmoqlar ishchi va ekspertlari jalb etilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugun Sardoba suv omboriga borib, toʻgʻonni tiklash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi. Mutaxassislar bilan atroflicha muhokama qilgan holda, dambani mustahkamlash boʻyicha qator koʻrsatmalar berdi.

Manba: O'zA

Поделиться