O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

RASMIY BAYONOT: Koronavirusdan 789 yurtdoshimiz sogʻaygan, 11 fuqaroning ahvoli ogʻir

2020-04-27 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 1887 bemor roʻyxatga olingan. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan maʼlumotga koʻra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 117 bemorning 32 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 2 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 69 bemordan 2 nafarining ahvoli ogʻir. Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida davolanayotgan 144 bemordan 45 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 5 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir, deb baholanyapti.
 
Hurmatli yurtdoshlar!
 
Karantin tadbirlari davom etyapti. Kasallikka chalinganlarni davolash samaradorligi ham ortib boryapti. Hozirgi paytga kelib 789 fuqaro butunlay sogʻayib, reabilitatsiya markazlariga oʻtkazildi. Bu yaxshi koʻrsatkich hisoblanib, umumiy kasallanganlar soniga nisbatan 42,2 foizni tashkil etyapti. Kasallikka gumon qilingan va kasallikka chalinganlar bilan muloqotda boʻlgan , epidemik noxush hududlardan olib kelingan va aynan shu kabi hududlardan oʻzlari yetib kelgan shaxslarning barchasi tibbiy nazorat ostiga olinyapti. Shu bugungi kunga qadar 250 mingdan ortiq fuqaro koronavirus kasalligiga virusologik usulda tekshirilgan. Kechaning oʻzida 8400 fuqaroda tahlillar oʻtkazilgan.
 
Karantin tadbirlariga toʻliq rioya etishimiz kerak. Koʻchaga chiqishga sabab boʻladigan turli bahonalar va bayram tadbirlarini oʻylab topmang. Bu juda jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Atrofimizda ushbu kasallikka chalingan fuqarolar yoʻqligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Agar baʼzilarda kasallik yengil kechar ekan, degan fikrga borgan boʻlsangiz 3 foizdan ortiq holatda kasallik oʻta ogʻir kechib, hatto oʻlim bilan yakun topayotgani sizni sergak torttirishi kerak.

Поделиться