O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

RASMIY BAYONOT: 1144 fuqaro yuqumli kasalliklar profilidagi muassasalarda davolanmoqda

2020-04-26 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 1865 bemor roʻyxatga olingan. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan maʼlumotga koʻra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 117 bemorning 32 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 74 bemordan 2 nafarining ahvoli ogʻir. Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida davolanayotgan 145 bemordan 45 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 5 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir, deb baholanyapti.
 
Hurmatli yurtdoshlar!
 
Karantin tadbirlari davom etyapti. 92 mingdan koʻproq fuqaro tibbiy kuzatuv ostiga olingan. Davolash borasida ham ijobiy natijalar kuzatilyapti. Shu paytga qadar shifoxonalarga koronavirus kasalligi bilan yotqizilgan bemorlarning 707 nafari, yaʼni qariyb 38 foizi sogʻayib, reabilitatsiya markazlariga oʻtkazildi . Hozirgi paytga kelib yana 1144 fuqaro yuqumli kasalliklar profilidagi muassasalarda tegishli davolash diagnostika muolajalarini olyapti.
 
Dunyo hamjamiyatida vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. Kechaning oʻzida dunyo boʻyicha 80 mingdan koʻproq holatda koronavirus kasalligi qayd etildi.
 
Shu bois, karantin tadbirlariga rioya qilish borasida xoʻjakoʻrsinga ish tutish, aslo toʻgʻri emas. Turli xil yigʻin va tadbirlarni oʻylab topmang. Ularni nishonlaydigan kunlarga tezroq yetishish uchun hozir karantin tadbirlariga toʻliq rioya qilishimiz kerak. Agar biz hamkorlikda harakat qilsak, vaziyat jiddiylashib ketishiga yoʻl qoʻymaymiz va tez kunlarda karantin tadbirlarini, cheklovlarni bir muncha yumshatishga erishishimiz mumkin. Masʼuliyatni doim his qilib turing.

Поделиться