O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlikning borishi muhokama qilindi

2020-04-23 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti S.Myuller, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yangi vitse-prezidenti A. Berde va Bankning O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferentsiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston hukumatining COVID-19 infektsiyasi tarqalishi va uning iqtisodiy oqibatlari bilan kurashishga qaratilgan chora-tadbirlari va sa’y-harakatlarini Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq qo‘shma loyiha va kelishuvlarni amalga oshirishning amaldagi holati muhokama qilindi.

Bank rahbariyatining ma’lum qilishicha, “COVID-19 koronavirusi infektsiyasiga shoshilinch javob" loyihasi uchun 95 mln.dollar miqdorida va "O‘zbekistonda bozor islohotlarining barqarorligini ta’minlash" loyihasini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun 200 mln.dollar miqdorida qarz bitimlari bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan va ushbu tashabbuslarni moliyalashtirishni tasdiqlash yaqin kunlarda kutilmoqda.

Muloqot chog‘ida S. Myuller O‘zbekiston hukumatining pandemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlardagi, jumladan, aholini himoya qilish maqsadida infektsiya tarqalishiga tezkor javob berish va nazorat qilish, banklar va biznes faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va hatto qattiq karantin ostida ish o‘rinlari saqlab qolishdagi, ustuvorliklarining izchilligi va to‘g‘ri joylashtirilishiga yuqori baho berdi. S.Myuller "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi qaror uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga alohida minnatdorchilik bildirib, ushbu orden O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgan Jahon banki jamoasining muvaffaqiyatli ishini tan olishini bildirishini, va o‘zaro munosabatlarning sifat jihatidan yangi ko‘lami va hamkorlikka alohida ishonch darajasini anglatishini ta’kidladi.

O‘zbekiston tomonidan S. Myullerning Jahon bankining O‘zbekiston bilan hamkorlikka mas’ul vitse-prezidenti sifatidagi faoliyatiga yuqori baho berilib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish borasida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirildi.

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yangi vitse-prezidenti, joriy yilning 1 may oyidan o‘z faoliyatini boshlashi kutilayotgan, A. Berde iqtisodiy islohotlarning ijobiy dinamikasi va mamlakatni jadal rivojlantirish uchun keng istiqbollar mavjudligini inobatga olgan holda O‘zbekiston bilan bevosita hamkorlik qilish imkoniga ega bo‘lganidan xursand ekanligini aytib o‘tdi.

Videokonferentsiya yakuniga ko‘ra aviatsiya, elektr va gaz sohalarini isloh qilish, 2020-2025 uchun bank tizimini isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi, shuningdek, soliq islohotlariga ko‘maklashish va soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik doirasidagi chora-tadbirlar rejalashtirib olindi.

Jahon banki rahbariyati bilan joriy loyihalarni jadal amalga oshirishni, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini qamrab olgan holda hamkorlik ko‘lamini kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganishni nazarda tutib O‘zbekiston bilan ishlashning uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun: S. Myuller Jahon banki vitse-prezidenti sifatida 2015 yilning iyul oyidan beri faoliyat yuritib kelgan. O‘tgan davr mobaynida Jahon banki O‘zbekistonning tarkibiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda asosiy hamkorlaridan biriga aylandi.

Поделиться