O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi axboroti

2020-04-21 | Jamiyat

O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra Malayziya Hukumati tomonidan koronavisrusning tarqalishini oldini olish maqsadida 2020-yil 28-aprelgacha o‘rnatilgan Harakatni cheklash rejimi davrida mazkur mamlakatga tashrif buyuradigan chet el fuqarolari uchun yangi tartib joriy etilgan. Rejim muddati Malayziya Hukumatining alohida qarori bilan uzaytirilishi ham mumkin.

Mazkur tartibga ko‘ra Malayziyaga kelayotgan barcha chet el fuqarolari o‘z hisoblaridan 150 Malayziya ringgiti (37 AQSh doll.) miqdoridaga kunlik to‘lovni amalga oshirgan holda, 14 kunlik karantindan bo‘lishlari shart.

Elchixona Malayziya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ushbu talablarni inobatga olishga va mazkur davlat hokimiyat idoralarining barcha qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun mamlakatimizning Malayziyadagi Elchixonasi huzurida Tezkor shtab tashkil etilganligini eslatib o‘tamiz.

Tel.: (+603) 4253 4406
Faks: (+603) 42535406
Mobil: (+6017) 3204414
E-mail: consul@uzbekembassy.com.my

Поделиться