O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirligining axboroti

2020-04-19 | Jamiyat

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 79 851 ta holat aniqlangan.

 Ular:

- Toshkent shahrida – 14 506 ta holat; 

- Farg'ona viloyatida – 12 510 ta holat;

- Toshkent viloyatida – 11 742 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 7 028 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 5 470 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 5 148 ta holat;

- Andijon viloyatida – 4 545 ta holat;

- Namangan viloyatida – 4 447 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 3 248 ta holat; 

- Qoraqalpog'iston Respublikasida – 2 902 ta holat;

- Xorazm viloyatida – 2 660 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 2 485 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 2 407 ta holat;

- Navoiy viloyatida – 753 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Misol uchun, 18 aprel kuni Jizzax viloyati, Do'stlik tumani, “Bog'zor” qishlog'i, SH.Rashidov ko'chasida yashovchi 1964 y.t. Mamasoli D., Arnasoy tumani, “YAngibo'ston” qishlog'i, A.Navoiy ko'chasida yashovchi 1986 y.t. Begzod M., Samarqand viloyati, Toyloq tumani, “Baxshitepa” qishlog'ida yashovchi 1996 y.t. Azizjon A., Samarqand tumani, “Nurobod” mahallasida yashovchi 1988 y.t. Sunnatillo F., Qoraqalpog'iston Respublikasi, Amudaryo tumani, Furqat ko'chasida yashovchi 1971 y.t. SHavkat YA., Kegeyli tumani, “Erkin daryo” ovulida yashovchi 1993 y.t. Babur O.lar ruxsatnomasiz o'z transportida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

18 aprel kuni Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, “Do'ngariq” mahallasida yashovchi 1987 y.t. Hamidjon T. o'z velosipedida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, velosipedi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

18 aprel kuni Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mironshox 2-tor ko'chasida yashovchi 1992 y.t. Ibroxim S. uyida tanishlarini yig'ib, tug'ilgan kunini nishonlanganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

18 aprel kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Jarqo'rg'on ko'chasida yashovchi 1986 y.t Zarofat A. Aviasozlar bozorida joylashgan savdo shahobchasida fuqarolarni karantin qoidasiga rioya etishlarini nazorat qilmaganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

17 aprel kuni Sirdaryo viloyati, Yangier shahar, “Ma'rifat” mahallasi, Mamadaliev ko'chasida yashovchi 1992 y.t. Moxichexra K. karantin qoidalarini buzib, yashash xonodoniga mehmon chaqirib, spirtli ichimlik iste'mol qilib, qo'shnilar tinchligini buzib, baqir-chaqir qilib turgan vaqtida, uning tinchlanishini so'ragan IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan 18 aprel` kuni Ma'muriy ishlar bo'yicha Xovos tumani sudi tomonidan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalariga asosan 1 115 000 so'm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

18 aprel kuni Xiva shahar, “Do'stlik” mahallasida yashovchi 1999 y.t. Azamat e. soat 02:00da o'zining uyiga fuqarolar S.Jumanazarova, S.Jumanazarova, S.YUsufov va R.G'affarovlarni chaqirib, ular bilan maishat qilib, spirtli ichimlik iste'mol qilib o'tirganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirilgan.

18 aprel Xiva shahar, A.Boltaev ko'chasida yashovchi 1980 y.t. Kuvondiq B. soat 16:00 da o'zining uyiga fuqarolar R.Abdullaev, I.Abdullaev, M.Ismoilova va S.Ismoilovalarini chaqirib, ular bilan maishat qilib, spirtli ichimlik iste'mol qilib o'tirganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.

J.y. 19 aprel soat 09:00 holatiga

Поделиться