O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tez kunda yangi shifo maskani
2020-04-17 | Sog‘liqni saqlash
Namangan viloyatida karantin zonasi va maxsus shifoxona qurilishi jadal davom etmoqda.
Pop tumanining G‘urumsaroy qishlog‘ida boshlangan 1 200 kishilik karantin zonasi hamda 150 kishilik maxsus shifoxona qurilishi jadal davom etmoqda.
Umumiy maydoni 16, 3 gektarni tashkil qiladigan ushbu kompleksda shifokorlarga alohida xona, jarrohlik, jonlantirish bo‘limlari, muolaja xonalari, tibbiyot bo‘limlaridan tashqari karantin hududiga keltirilganlardan shu yerning o‘zida tahlil olish uchun laboratoriya, dorixona, oshxona, kir yuvish bo‘limi, utilizatsiya bo‘yicha alohida joy ham qurilmoqda. Ventilyasiya, tibbiy kislorod yetkazib berish, kommunikatsiya tizimlari hammasi zamonaviy tarzda jihozlanadi.
Qurilish maydoniga elektr energiyasi, gaz, suv tarmoqlari tortish bo‘yicha ham ishlar yuqori sur'atda tashkil etilgan.
1 200 kishilik karantin zonasi maxsus jihozlangan konteynerlardan tashkil topadi. 150 kishilik shifoxona esa yengil konstruksiyalar asosida barpo etiladi.