O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq birlashganda har qanday xavf-xatar yengiladi
2020-04-17 | Xavfsizlik sohasi
Xalqimizda “Kuch – birlikda!” degan naql bor. Yurt boshiga kelgan xavfni birgalikda yengishga intilish esa bizning qon-qonimizga singib ketgan qadriyatlardan biri.
Xususan, bugun koronavirus profilaktikasiga qaratilgan tadbirlar kirib bormagan viloyat, shahar, tuman va koʻchaning oʻzi yoʻq. Hatto, eng chekka hududlardagi qishloqlaru ovullarda ham kasallikka qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligining Bekobod shahrida joylashgan harbiy qismi shaxsiy tarkibi ham profilaktik tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, harbiy xizmatchilar tomonidan Bekobod shahri boʻylab dezinfeksiyalash va aholini karantin qoidalariga amal qilishga undash ishlari olib borilmoqda.
Yurt posbonlarining tartib-qoidalarga amal qilish haqidagi chaqiriqlariga esa bekobodliklar ham metin intizom bilan javob bermoqdalar. Zero, birlashgan xalq har qanday xavf-xatarni albatta yengadi.
Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi matbuot xizmati