O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ichki ishlar vazirligining axboroti
2020-04-16 | Jamiyat
Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 68 239 ta holat aniqlangan.
Ular:
- Toshkent shahrida – 11 867 ta holat;
- Farg'ona viloyatida – 10 350 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 9 907 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 6 226 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 4 857 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 4 596 ta holat;
- Namangan viloyatida – 3 889 ta holat;
- Andijon viloyatida – 3 785 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 2 819 ta holat;
- Qoraqalpog'iston Respublikasida – 2 479 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 2 309 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 2 236 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 2 216 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 703 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Misol uchun, 15 aprel kuni Buxoro viloyati, Olot tumani, “Asajam” mahallasida yashovchi 1982 y.t. U.SH., Qoraqalpog'iston Respublikasi, Taxtako'pir tumanida yashovchi 1994 y.t. R.B.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.
15 aprel kuni Toshkent shahar, YAkkasaroy tumani, “Qushbegi” mavzesida yashovchi 1991 y.t. G.P. 14 aprel` kuni karantinga olingan bo'lsada, karantin qoidalarini buzganligi uchun Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.
15 aprel kuni Qarshi shahar, Mustaqillik ko'chasida yashovchi X.B., Qarshi shahrida yashovchi M.S., Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qo'ngirot tumani, “Ornek” ovulida yashovchi 1996 y.t. M.B.lar ruxsatnomasiz o'z transportida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
15 aprel kuni Toshkent shahar, YAshnobod tumani, Nigora ko'chasida yashovchi 2003 y.t. I.R. o'z velosipedida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, velosipedi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
15 aprel soat 14:00 da Sirdaryo tumani, “Furqat” mahallasi, Qaxramonlar ko'chasida yashovchi 2000 y.t. R.B. karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligini uchun, unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalari asosida Ma'muriy ishlar bo'yicha Guliston tumani sudi tomonidan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
15 aprel soat 12:45 da Sirdaryo viloyati, SHirin shahar, “M.Ulug'bek” mahallasida yashovchi 1961 y.t. e.SH. va “Do'stlik” mahallasida yashovchi 1962 y.t. K.e.lar karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganliklari uchun, ularga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54 va 183-moddalariga asosan Ma'muriy ishlar bo'yicha Boyovut tumani sudi tomonidan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
15 aprel kuni Navoiy shahar, YOshlik ko'chasida yashovchi 1984 y.t. F.SH.(ayol) karantin qoidalarini buzib, spirtli ichimlik ta'sirida, fuqarolar osoyishtaligini buzganligi, ichki ishlar xodimlarini qonuniy talablarini bajarmaganligi uchun unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, Navoiy shahar Ma'muriy ishlar sudi tomonidan 1 115 000 miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
15 aprel kuni Namangan viloyati, Pop tumani, “Mustaqillik” mahallasida yashovchi 1998 y.t. O.T. mast holda, jamoat joyida himoya niqobisiz, fuqarolar osoyishtaligini buzganligi hamda ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabini bajarmaganligi uchun unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, Pop tumani Ma'muriy ishlar bo'yicha sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi va 1 115 000 so'm jarima jazosi tayinlangan.
15 aprel kuni Namangan viloyati, Pop tumani, “Boyon” mahallasida yashovchi 1972 y.t. YU.U. mast holda, jamoat joyida himoya niqobisiz, fuqarolar osoyishtaligini buzganligi hamda ichki ishlar xodimlarini qonuniy talabini bajarmaganligi uchun unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, Pop tumani Ma'muriy ishlar bo'yicha sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi va 1 115 000 so'm jarima jazosi tayinlangan.
15 aprel soat 17:30 da Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, “Gulbahor” mahallasi, Sayqal ko'chasida yashovchi 2000 y.t. O.Q., karantin qoidalarini buzib, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabini bajarmaganligi uchun unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54, 194-moddalariga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Xovos tumani Ma'muriy ishlar bo'yicha sudi tomonidan 446 000 so'm jarima jazosi tayinlangan.
15 aprel soat 12:45da Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, “Quyosh” mahallasi, Ko'xna diyor ko'chasida yashovchi 1985 y.t. T.B. karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligi uchun unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54, 194-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, Guliston tumani Ma'muriy ishlar bo'yicha sudi tomonidan 446 000 so'm jarima jazosi tayinlangan.
Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.
J.y. 16 aprel soat 09:00 holatiga