O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dunyoga dong‘i taralgan o‘zbek noni haqida kitob nashr etiladi

2020-04-15 | Turizm

O‘zbek dasturxonini tandirdan yangi uzilgan nonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Non ham palov singari xalqimizning nomoddiy madaniy merosi hisoblanadi, zero uning ham o‘ziga xos tarixi bor. O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar ham doim o‘zbek noni taʼmiga yuqori baho berib, hatto o‘zlari bilan birga olib ketishadi. 

Mashhur va mazali o‘zbek nonlari haqida taniqli oshpaz Baxriddin Chustiy kitob yozib, nashrga tayyorladi.

O‘zbekistonning har bir hududida tayyorlanadigan nonlar bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun Baxriddin o‘zbek nonlarini tayyorlash retseptlari va texnologiyalariga oid bilimlarini yana-da boyitish hamda ularni bir kitobga jamlash maqsadida mamlakatimiz hududlari bo‘ylab sayohat qildi.

Chustiyning aytishicha, ushbu kitobda 50 dan ortiq turdagi non va non qo‘shib tayyorlanadigan 10 xil taom retsepti jamlangan. “Ular orasida qadimgi unut bo‘lgan va barchaga maʼlum bo‘lgan retseptlar, shuningdek yangi tadqiqotlar keltirilgan. Shuning barobarida kitobdan non va nonli taomlarni pishirish madaniyati va urf-odatlari, tandir, chakich va non bilan bog‘liq barcha maʼlumotlar bor”, - deydi oshpaz.

Kitob dastlab o‘zbek tilida nashr etiladi, keyinroq uni rus, ingliz va turk tillaridagi versiyalarini nashr etish rejalashtirilgan. O‘zbek noni haqidagi kitobni nashrga tayyorlash ustida katta professional guruh ish olib bordi. Bugungi kunga kelib kitob chop etishga tayyor va yaqin kunlarda nashr etiladi. Taʼkidlash joizki, ushbu kitob O‘zbekistonning gastronomik madaniyatini yana-da ommalashtirish yo‘lida xizmat qilib, shubhasiz, gastronomik turizm rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi. 

Поделиться