O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

COVID-19 - «Mexr-shafqat va salomatlik» Jamoat fondi

2020-04-13 | Jamiyat

Butun dunyoda bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham koronavirus bo‘yicha karantin choralari e'lon qilingan birinchi kundan boshlab va bugunga qadar insoniyatning osoyishta hayoti va salomatligiga putur yetkazayotgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash tobora qizg‘in tus olmoqda.

Shunday vaziyatda o‘zbek xalqi o‘zining eng yaxshi fazilatlarini namoyon etmoqda. Hamyurtlarimiz tomonidan "Mehr-shafqat va salomatlik" jamoat fondiga beg‘araz yordam ko‘rsatilayotgani buning dalilidir.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi "Mehr-shafqat va salomatlik" jamoat fondiga qo‘shgan hissasi uchun ishbilarmonlar hamjamiyatiga chuqur minnatdorchilik bildiradi.

Avvalroq, Jamg‘armaning daromad qismida biznesning ulushi 16,6 mlrd., shu jumladan, yuridik shaxslar tomonidan 14,3 mlrd. jismoniy shaxslar tomonidan 2,3 mlrd. so‘mni tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.


10 aprel holatiga ko‘ra Mexr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi hisobiga 57,6 mld.so‘m mablag‘ kelib tushgan:
Tadbirkorlik sub'ektlari - 14,3 mlrd.so‘m

markaziy bank va tijorat banklar - 22,9

boshqa tashkilotlar- 22,7

davlat organlari va tashkilotlari - 15,4

jismoniy shaxslar – 2,3 mlrd.so‘m

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi "Mehr-Shafkat va Salomatlik" jamoat fondiga keng ko‘lamli xayriya tadbirlarini o‘z vaqtida tashkil etgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik izxor etadi.

Поделиться