O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirligining axboroti

2020-04-12 | Jamiyat

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 51 182 ta holat aniqlangan. 

Ular:

- Toshkent shahrida – 8 169 ta holat; 

- Toshkent viloyatida – 6 995 ta holat;

- Farg'ona viloyatida – 6 582 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 5 100 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 3 934 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 3 933 ta holat;

- Namangan viloyatida – 3 105 ta holat;

- Andijon viloyatida – 3 045 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 2 063 ta holat; 

- Jizzax viloyatida – 2 029 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 1 914 ta holat;

- Qoraqalpog'iston Respublikasida – 1 869 ta holat;

- Xorazm viloyatida – 1 809 ta holat;

- Navoiy viloyatida – 635 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Misol uchun, 11 aprel kuni kuni Toshkent shahar, YUnusobod tumani, Mingo'rik 3-tor ko'chasida yashovchi 1975 y.t. B.T., Samarqand viloyati, Narpay tumani, “Iymon” mahallasida yashovchi 1984 y.t. S.B., Farg'ona viloyati, Marg'ilon shahar, Mustaqillik ko'chasida yashovchi 1996 y.t. XM., Dang'ara tumani, Guliston ko'chasida yashovchi 1992 y.t. B.O., Buxoro viloyati, Buxoro tumani, “YAngiturmush” mahallasida yashovchi 1984 y.t. K.U., Romitan tumani, F.Xo'jaev ko'chasida yashovchi 1988 y.t. O.K., Surxondaryo viloyati, Qumqo'rg'on tumani, “Surxon sohili” maxallasida yashovchi 1984 y.t. I.M., Qumqo'rg'on tumani, “Navbahor” maxallasida yashovchi 2002 y.t. SH.e., Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, “Istiqlol” mahallasi, M.Ulug'bek ko'chasida yashovchi 1995 y.t. J.N., Dehqonobod tumani, “Oydin yo'l” mahallasida yashovchi 1985 y.t. Z.S., Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, “Nayman” mahallasida yashovchi 1992 y.t. F.M., Qoraqalpog'iston Respublikasi, Amudaryo tumani, “Bog'” mahallasida yashovchi 1976 y.t. B.A., Amudaryo tumani, “Qipchoq” ovulida yashovchi 1974 y.t. O'.K.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.

11 aprel kuni Namangan shahar, “Madaniy maorif” mahallasida yashovchi 2000 y.t. A.YU. va A.T., Namangan tumani, SHerbuloq ko'chasida yashovchi 1961 y.t. B.e.lar ruxsatnomasiz o'z transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 

11 aprel kuni Toshkent shahar, YAshnobod tumani, “Slonim-1” dahasida yashovchi 1976 y.t. S.S. o'z velosipedida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, velosipedi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

11 aprel kuni Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, “Galabotir” mahallasida yashovchi 1994 y.t. D.B. jamoat joyida mayda bezorilik qilganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

11 aprel kuni Toshkent viloyati, Bekobod tumani, “Nayman” mahallasida yashovchi 1989 y.t. J.K. ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga  bo'ysunmaganligi uchun Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

11 aprel kuni soat 09:45 larda Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, “Paxtakon” mahallasi, Oltin Vodiy ko'chasida yashovchi 1971 y.t. R.B. karantin qoidalarini buzib, ichki ishlar hodimlarining qonuniy talabini bajarmay, mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalariga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Sayxunobod tuman Ma'muriy sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.

J.y. 12 aprel soat 09:00 holatiga

Поделиться