O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ichki ishlar vazirligining axboroti
2020-04-11 | Jamiyat
Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 46 672 ta holat aniqlangan.
Ular:
- Toshkent shahrida – 7 347 ta holat;
- Farg'ona viloyatida – 5 891 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 6 065 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 4 769 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 3 759 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 3 594 ta holat;
- Namangan viloyatida – 2 913 ta holat;
- Andijon viloyatida – 2 765 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 1 962 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 1 855 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 1 824 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 1 758 ta holat;
- Qoraqalpog'iston Respublikasida – 1 554 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 616 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Misol uchun, 10 aprel kuni Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, “Sovotobod” mahallasida yashovchi 1980 y.t. fuqaro B.M., Jizzax viloyati, Arnasoy tumani, “G'oliblar” mahallasi, Samarqand ko'chasida yashovchi 1985 y.t. D.U.lar ruxsatnomasiz o'z transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
10 aprel kuni Buxoro viloyati, Romitan tumani, “Attoron” mahallasi, Tag'ore qishlog'ida yashovchi 1990 y.t. N.K. o'z velosipedida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, velosipedi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
10 aprel kuni Toshkent shahar, YAkkasaroy tumani, Boshliq mavzesida yashovchi 2002 y.t. S.B. sartaroshxonada faoliyat ko'rsatib kelganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilgan.
10 aprel kuni Buxoro viloyati, Romitan tumani, “Bog'cha” mahallasi, Sariosiyo qishlog'ida yashovchi 1964 y.t. F.H. o'zining avtomashinasida 3 nafar yo'lovchi tashib yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.
J.y. 11 aprel soat 09:00 holatiga