O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirligining axboroti

2020-04-10 | Jamiyat

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 42 782 ta holat aniqlangan. 

 Ular:

- Toshkent shahrida – 6 785 ta holat; 

- Farg'ona viloyatida – 5 430 ta holat;

- Toshkent viloyatida – 5 341 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 4 465 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 3 562 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 3 233 ta holat;

- Namangan viloyatida – 2 699 ta holat;

- Andijon viloyatida – 2 313 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 1 870 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 1 792 ta holat;

- Xorazm viloyatida – 1 693 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 1 628 ta holat; 

- Qoraqalpog'iston Respublikasida – 1 401 ta holat;

- Navoiy viloyatida – 570 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Misol uchun, 9 aprel kuni Toshkent shahar, Bektemir tumani, Sohil ko'chasida yashovchi 1997 y.t. YU.K., Qashqadaryo viloyati, Beshkent tumani, Keret qishlog'ida yashovchi 1996 y.t. U.B., Buxoro viloyati, G'ijduvon tumani, “F.YUnusov” mahallasi, Havzak qishlog'ida yashovchi 1993 y.t. M.M., Vobkent tumani, “SHifokor” mahallasi, Ziyo ko'chasida yashovchi 1985 y.t. M.A. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.

3 aprel kuni soat 02:30 lar atrofida Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Olmazor” mahallasi, YAngizamon ko'chasida yashovchi 1988 y.t. SHaripov Faxriddin YUldashevich Toshkent shahar, M.Ulug'bek tumani va Toshkent viloyati, Qibray tumani hududlari chegarasida tashkil etilan blok postda xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning qonuniy talablarini bajarmasdan mast holda, niqobsiz bo'lishi va jamoat joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, mayda bezorilik qilib, ularni turli uyatli so'zlar bilan haqorat qilganligi uchun Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-modda 1-qismi, 183-modda, 194-modda 1-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, 8 aprel` kuni Ma'muriy ishlar bo'yicha Bo'stonliq tumani sudi tomonidan 15 sutka mamuriy qamoq jazosi belgilangan.

9 aprel kuni Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, “To'ytepa” mahallasi, Guzar ko'chasida yashovchi 1989 y.t. A.Z. shahar hududida ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo'ysunmagani uchun, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 194-modda 1-qismida ko'rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

9 aprel kuni soat 10:40 larda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, “Jo'langar” mahallasi, A.YAssaviy ko'chasida yashovchi 1989 y.t. U.R. karantin qoidalarini buzib, IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo'ysunmasdan, mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54,183 va 194-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma'muriy ishlar bo'yicha Boyovut tumani sudi tomonidan 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

9 aprel kuni Sirdaryo viloyati, Yangier shahar, “Binokor” mahallasida yashovchi 1992 y.t. R.B., Andijon shahar, Boburshox ko'chasida yashovchi 1986 y.t. e.M., Urganch shahar, al-Xorazmiy ko'chasida yashovchi 1996 y.t. X.A., Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qo'ng'irot tumani, “Miynetabad” ovulida yashovchi 1995 y.t. S.SH., Qo'ng'irot tumani, S.Allaniyazov ko'chasida yashovchi 1998 y.t. S.T.lar ruxsatnomasiz o'z transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 

9 aprel kuni Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, “Mayariq” mahallasi, Navqiron ko'chasida yashovchi 1968 y.t. A.M., Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Kattajirmiz kishlog'ida yashovchi 1985 y.t. SH.K.lar o'z velosipedlarida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, velosipedlari jarima jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.

J.y. 10 aprel soat 09:00 holatiga

Поделиться