O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

RASMIY BAYONOT: 624 yurtdoshimizda koronavirus aniqlangan, 14 bemorning ahvoli ogʻir

2020-04-10 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib koronavirus kasalligi bilan roʻyxatga olingan bemorlar soni 624 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan maʼlumotga koʻra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 98 bemorning 25 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 9 nafarining ahvoli ogʻir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 110 bemordan 5 nafarining ahvoli ogʻir, deb baholanmoqda.

Hozirgi paytda 86 mingdan koʻproq fuqaromiz karantin muddatlarini oʻtayapti. Bir kunda 8 ming 200 dan koʻproq laboratoriya tahlillari oʻtkazilgan. Ushbu tahlillar natijasida bemorlar aniqlanish koʻrsatkichi 0,4-0,5 foiz oraligʻida boʻlyapti.

Hurmatli yurtdoshlar!

Baʼzi yurtdoshlarimizda hamon karantin tadbirlari haqida toʻliq tasavvur yoʻq. Boisi, karantin muddati tugar-tugamas shu boʻyicha qayta-qayta murojaatlar boʻlyapti. Bir narsani aniq bilib olishimiz kerak: karantin 14 kunga belgilanadi. Ushbu vaqt mobaynida karantindagi odamlar orasida kasallik chiqmasagina karantin yechiladi. Agar 14 kun davomida kasallik paydo boʻladigan boʻlsa karantin yana 14 kunga choʻziladi.

Karantin muddati uzaytirilayotgan boʻlsa, buning uchun ortiqcha taajjublanishga hojat yoʻq. Bu siz va yaqinlaringiz salomatligi yoʻlida qilinayotgan harakatdir.

Uyda qoling, koʻchaga chiqmang, ortiqcha muloqotlardan cheklaning!

Поделиться